Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luyis de la Fuente Lamin Yamalning oʻyiniga yuqori baho berdi.
"U bizni hayratda qoldirishdan toʻxtamayapti. Laminda shunchalik katta isteʼdod borki, uning eng yaxshi oʻyinlari hali oldinda. U juda katta qadamlar bilan rivojlanmoqda. U terma jamoamizning yetakchilaridan biri va jamoada katta vaznga ega oʻyinchi. Bundan xursandmiz.
Agar "Oltin toʻp"ga nomzodlar orasidagi yagona ispaniyalik Yamal boʻlganida, uni dunyoning eng yaxshi oʻyinchisi deb aytgan boʻlardim. Oʻz pozitsiyasida u hamma ishni juda yaxshi bajaradi. Agar boshqa ispaniyalik oʻyinchilar bilan raqobat tufayli uni eng yaxshisi deb boʻlmasa, u holda Yamal dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri.
U legendar oʻyinchiga aylanish yoʻlida bormoqda", — dedi de la Fuente.