Xabaringiz bor, bugun Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00'da start olishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot o'rnida, terma jamoamiz bundan avvalgi ikki o'rtoqlik uchrashuvida ishonchli va yirik g'alabalarni qo'lga kiritdi. Dastlab, Eron Farg'onada 3:1 hisobida taslim etildi, keyin esa Suriya 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi.