"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skouls "Manchester Siti" sovrinlaridan mahrum qilinsa, APL chempionilik medalini olishni xohlashini aytdi.

"Doim sobiq jamoadoshlarimning “Manchester Siti”dan sovrinlarni olib qoʻyishlarini xohlashlari, ammo medallarning oʻzlari kerak emasligi haqida gapirayotganini eshitaman.

Ha, yoʻq! Men ochkoʻzman. Oʻz medalimni xohlayman", — deb yozdi Skouls.