"Real" Chempionlar ligasidagi uchrashuvda safarda AEKni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Umumiy bosqichning 4-turidan o‘rin olgan bahsda Abubakari Koyta 12-daqiqada hisobni ochdi. 32-daqiqada Jud Bellingem tovoni bilan gol urib, muvozanatni tikladi.
75-daqiqada Koytaning uzatmasidan so‘ng Stavros Pilios yana AEKni oldinga olib chiqdi. Ammo 78-daqiqada Kilian Mbappe hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada esa Federiko Valverde "Real"ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
"Liverpul" esa safarda "Fenerbaxche"ga 2:3 hisobida yutqazdi.
25-daqiqada Trey Noni hisobni ochdi. 29-daqiqada Meyson Grinvud jarima zarbasidan gol urib, muvozanatni tikladi.
69-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Aleksander Isak Kodi Gakponing uzatmasidan keyin "Liverpul"ni oldinga olib chiqdi. Biroq 73-daqiqada Archi Braun hisobni tenglashtirdi, 79-daqiqada esa Vedat Muriki turkiyaliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.