Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Krishtianu Ronaldu atrofidagi mojaro haqida fikr bildirdi.
41 yoshli portugaliyalik hujumchi bosh murabbiy Jorge Jezush Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini tark etgan edi.
"Men u bilan gaplashmadim. Aslida nima bo‘lganini aniq bilmayman va bu holatga unchalik e’tibor ham qaratmadim, chunki bu yerda o‘z muammolarim bilan band edim.
Bu voqealar uning yurtida sodir bo‘layotgani afsusli. Krishtianu munosib tarzda kuzatilishiga loyiq. Shuning uchun aniq nima bo‘lganini bilmayman, ammo barchasi hal bo‘ladi, deb umid qilaman. Chunki Krishtianu Portugaliya tarixidagi eng buyuk o‘yinchi", — dedi "Milan" yarim himoyachisi.