"Manchester Siti" APLning 6-turida mehmonda "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba "shaharliklar"ning joriy mavsum chempionatidagi oltinchisi bo‘ldi.
TNT xabariga ko‘ra, ushbu natija orqali Enso Mareska APL klubi boshqaruviga kelganidan keyingi dastlabki 6 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan murabbiylar qatoriga qo‘shildi.
Bungacha bunday natijaga faqat uch mutaxassis erishgan: Karlo Anchelotti ("Chelsi"), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") va Ole Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted").
"Manchester Siti" 18 ochko bilan APL jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.