14 oktabr kuni "Manchester Siti" Chempionlar ligasida amaldagi g‘olib PSJni o‘z maydonida qabul qiladi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun jamoaning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola stadionga keladi.
Bu ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiylik lavozimini tark etganidan buyon Etixadga qilgan ilk tashrifi bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra, u rahbariyat bilan ham uchrashadi.